Sanga xonim, gulbahorim,
Bitta gapim bor mani:
Sanga zorim, fido jonim,
Qilgin rosti, yo'q mani.
Bo'lma xafa, jahl qilma,
Sanda ko'nglim yo'q mani.
Xayol qilma, orzu qilma,
Shunaqasi bo'lib turadi.
Jon-jon-jon, jona-jonim,
Gul yuzlari anorim,
O'zim suygan dildorim
Bor mani, bor mani.
San mani so'rab yurma,
Xafa qilishga majbur qilma,
Bilib qolsa bormi, qara,
Yarimim bor mani.
Oynaga qarab, sochlarin tarab,
Orolar berib keladi pari-pari.
Kipriklar ulab, lablar gumbillab,
Poshna taqillab keladi pari-pari.
Labi-labi-labi, labing bo'yab,
Umid bilan manga qarab,
Ne-ne-nelar kutasan
Yo'llarimga mo'ltirab?
Sochlaringdan ko'p oshig'ing,
Nega mani tanlading?
Aytsam, ko'nglim senda emas,
Bekor mani tanlading.
Jon-jon-jon, jona-jonim,
Gul yuzlari anorim,
O'zim suygan dildorim
Bor mani, bor mani.
San mani so'rab yurma,
Xafa qilishga majbur qilma,
Bilib qolsa bormi, qara…
Go'zallardan go'zalsan, inkor qilmayman,
Asallardan asalsan, garov o'ynamayman.
Tog'ri menga yoqasan, shunday bo'lsada,
Havas boshqa, ishq boshqa, lek sani sevmayman.