Yana qoldi oz, keladi yangi yil,
Yana qoldi biroz, kelsin omadli yil.
Hamma-hammaga tilar “Ummon” sog'lik,
Hech kimni hech qachon qiynamasin og'riq.
Shimol bug'ularida 1000ga qo'yib kelar,
Soqollari oppoq bobo – Qorbobo, faqat sovg'alari yo'q.
Yana o'zimizning pullarimizga sotib olamiz sovg'alar,
Yaqinlar, azizlar uchun, xursand bo'lsin deb ular.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo'shiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo'shiq aytamiz barcha.
Ota-onamizga tilab uzoq umr,
Har yili birga kutaylik yangi yil.
Yangi yil bilan birga kelsin omad,
Shu yili birdan bo'lib ketay badavlat.
Bo'lib ketay badavlat… {x4}
Ey Qorbobo, bormi sovg'alar bizga ham, bobo?
Yo'q? Nega yo'q? Bering bitta dona archam uchun o'yinchoq.
Hamma-hammaning kayfiyati zo'r, dasturxonimiz mo'lu-ko'l,
Hammaga bayram bo'lsin muborak, endi qorboboni chaqirish kerak.
Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo… Qorbobo…
Salom-salom bolajonlar, aka-uka, opa-singil, jonajonlar,
Ko'rishganimizdan xursandman, sizlarga sovg'alar olib kelganman.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo'shiq aytamiz barcha.
Archa-archa, jon archa, yaproqlari ninacha,
Atrofingda aylanib, qo'shiq aytamiz barcha. (x2)
Qorbobo… Qorbobo…