Kelgan eding hayotimga qo'shib ma’no,
Lek oxiri davo yo'q dardga qilding mubtalo.
Sen bilan ketdi hayotimga kelgan ma’no,
So'ngra olisdan sog'inch bera boshladi sado.
Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko'zga yosh emas, dilga to'ldi dard.
Sen bilan o'tdi hayotimning eng shirin onlari,
Bugun esa sensiz, ulardan asar ham qolmadi.
Bu ma’yus ko'zlaringga ishonardim o'zimdan ko'proq,
Lek rostin bilsam, yuragingdan ekanman yiroq.
Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko'zga yosh emas, dilga to'ldi dard.
Bedor tunlar, sog'inch ezar,
O'ylayverib qalbim qiynalar.
Bo'ldi tamom, bari yolg'on,
So'zlaringdan bo'ldi ayon.
Xazonlarga ko'mding
Orzularga to'la bahorimni,
Armonlarga ko'mding
Eshitmading-ku zorimni.
Sen uchun jonimni berdim,
Hayotimda borimni berdim.
Sen men uchun berding azob faqat,
Ko'zga yosh emas, dilga to'ldi dard. {x2}