Nega sen
Bugun yo'qsan yonimda?
Eng qiyin ahvolimda
Yuzing o'girib ketding.
Lekin men
Yaxshi-yomon kuningda
Bo'ldim doim oldingda,
Sotilib ketding.
Yaxshi yurganimda yonimda eding,
Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?
Yurak yig'laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O'tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og'riqlar o'tmagunicha qiynar. (x2)
Ha, ishqingda yonmoqdaman bugun,
Atrofimga boqsam, har taraf tutun.
Manimcha bu – seni yo'qliging uchun,
Bu qora tun bunchalar uzun?
Kecha sani ko'rgan edim tushimda,
Kim bilandir sirlashib, turar eding bag'rida.
Kuzatib qarab turar edim so'ridan,
Maning tushlarim har doim kelardi o'ngidan.
Kim bilansan bugun, bilmayman,
Kim bilandir tasavvur qilsam, uxlolmayman.
Bedor qilib ketding o'zingga o'rgatib,
Kulib turgan yuragimni yig'latib.
Saning so'zlaring man uchun malham edi,
Yolg'iz inson uchun bu bayram edi.
Sani jondan ortiq sevaman, degan so'zing
Yolg'on ekan, o'tiribman sog'inib yuzing.
Yaxshi yurganimda yonimda eding,
Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?
Yurak yig'laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O'tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og'riqlar o'tmagunicha qiynar. (x2)