Kecha bir tush koribman,
Tushimdan sen ekansan,
Ustingda oppoq libosda,
Yoningda men emasman.
Kuzatardim ko'zimda yosh,
Rozi bo'lsang, nadir iloj?
Ko'zlarim uzolmasdim,
Hech ham ishonolmasdim.
Uyg'onib ketdim qo'rquvdan,
Uyg'onib ketdim azobdan,
Yo'qotgim kelmas seni,
Yo'qotib bo'lgan sevgimni.
Avval tushimda, so'ngra esa o'ngimda shu hol,
Oppoq libosda naqadarsan beg'ubor.
Qani endi shu libos kabi oppoq bo'lsa kongling,
Balki meni armonlarga yig'latib, ko'mib ketmasding.
Eh, qani yonimda bo'lsang,
Bu yuragim qon, ko'rsang,
Sensiz hayot yo'q bilsang,
Anglayolmading. (x2)
Yolvoraman tushimga kir,
Faqatgina meniki bo'lib.
Axir shundoq ham ketding,
O'ngimda mendan kechib.
Va’dangga qilmay vafo,
Vafoga bo'lib jafo,
Gul vaslingdan ayirding,
Meni o'zingdan ayirding.
Avval tushimda, so'ngra esa o'ngimda shu hol,
Oppoq libosda naqadarsan beg'ubor.
Qani endi shu libos kabi oppoq bo'lsa kongling,
Balki meni armonlarga yig'latib, ko'mib ketmasding.
Rozi bo'lmasding, rozi bo'lmasding,
Rozi bo'lmasding o'zgalarning qo'yniga. (x2)
Qani yonimda bo'lsang,
Bu yuragim qon, ko'rsang,
Sensiz hayot yo'q bilsang,
Anglayolmading.
Eh, qani yonimda bo'lsang,
Bu yuragim qon, ko'rsang,
Sensiz hayot yo'q bilsang,
Anglayolmading. (x2)