Uyg'onaman ertalab, yana har kungi holat,
Yuzimni yuvib, ichaman choy.
Kechga qolish mumkin emas, shoshilib kiyinib,
Yana qaytarilar o'tgan bir necha oy.
Yana o'sha avtobekat,
O'tiraman o'zim yozgan qo'shig'im tinglab.
Hozir 7:15 da keladi 5 ta qiz shu bekat taraf.
Har kundagi-dagiday bir-biriga pichir-pichir,
Nimalardir haqida sirlashadi.
Bittasi bor orasida unga qarab kulib qo'ysam,
U ham kulib qo'yadi.
Manimcha bu qizlar “Боровский”da
Yoki “Ордака”da kerak o'qisa.
Ular ketgandan so'ng 10 daqiqa
Va mana men ham avtobus ichida.
Ketmoqdaman manzilim tomon,
Toshkent, bunchalar chiroylisan?
Doimo bo'l omon, shu yo'llarga qarayverib,
To'ymayman hech qachon.
Pastu-baland binolar, uzun-uzun ko'priklar,
Mani manzilimga eltar.
Mana keldim ish joyimga eson-omon,
Eson-omon kelganimga shukur.
O'zim yotib, o'zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Ko'zlarim ko'rayotganiga shukur,
Naqadar dunyo go'zaldir. (x2)
Mana ishxonam va boshlandi ish,
To'g'rimda o'tirgan qizning ismi Nargiz.
Qachon qarama unga, u doim asabda,
Nima bo'lgan o'zi unga,
Baqirib javob beradi u hammaga?
Manda esa har doimdagiday bayram,
Hech kim qimmat emas maning asab tolalarimda.
Hech kim arzimaydi bunchalar asabiylashishimga ham,
Nima bo'lmoqda tushunolmam.
Eng keragi sog'-omonmisan, qolgan hammasi bir tiyin,
Suving bormi, noning bormi, qolgan hammasi bir tiyin.
Qora qozoning qaynab tursa, shuning o'zi baxt,
Diydor ko'rishib tuganimizning o'zi bitta baxt.
Mana ish tamom, toki narsalarimni yig'ishtirib
Bo'lgunimcha hech kim qolmadi.
Axir soat 7:30, hali kech emas,
Nega odamlar bunchalar shoshadi?
Ey do'stim, shoshma, ozgina vaqt bor,
Ozgina o'zingni bo'sh qo'y.
Shoshilib qayga ham borarding, axir borar joyimiz bir,
Sandan, mandan qoladi faqat yaxshilik bil!
O'zim yotib, o'zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Ko'zlarim ko'rayotganiga shukur,
Naqadar dunyo go'zaldir. (x2)
Mana qorong'u va ish tamom,
Qaytmoqdaman uyga eson-omon.
Toshkent tunda kundan ham go'zal,
Shu shaharga qarab, dam olar ko'zlar.
Har tarafing turar charaqlab,
Mana ertalabki ro'paramdagi bekat.
Shu yerdan chamasi 5 daqiqa
Uyimgacha yurib boraman piyoda.
Mana uydaman, bugungi kunim tamom,
Agar nasib etsa, ertaga etadi u davom.
Bugungi kunim halol o'tgani uchun shukur,
Shu qo'shiqni yozib bitirganim uchun shukur.
O'zim yotib, o'zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Qo'llarim yozayotganiga shukur,
Ollohim, o'zingga shukur.