Sen mening yuragimning dardli dog'isan,
Hech qachon gullamaydigan bog'san.
Qo'lim cho'zsam, qo'llaring bermaysan,
Qutqarmaysan.
Tashlamoqdasan to'r, ko'rinmaydi manzilimga yo'l.
Sen bilan sovqotdim, sensiz man yonib qoldim.
Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog'inmoqdaman hamon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.
Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog'inmoqdaman yomon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.
Bunchalar sovuq bo'lmasa yozning jazirama chillasida,
Yurakka izlamoqdaman panoh, kechalari ko'chalarda bir o'zim.
O'zimdan o'zim kechib bo'ldim seni deb,
Sen esa boringdan kecharmiding meni deb?
Manimcha hech qachon, axir sen bo'lasan
Maning yuragimni ikkiga bo'lib ketgan.
So'zlarimni so'ngigacha tinglamay ketgan,
Haqiqatning achchig'iga chidolmay ketgan.
Maning orzularimni olib ketgan,
Nima bo'lganda ham san tomonga yo'lim yonib ketgan.
San u tomon, man bu tomonda qolib ketgan,
Afsus shuncha vaqt o'tib ketgan san bilan,
Balki shunga ham sani sog'inmoqdaman.
Sen mening orzularimni olib ketding,
Yuragimni ikkiga bo'lib ketding.
Ne sababdan o'zgarib ketding?
Men sening oldingga hech qachon qaytmayman,
Lekin netay, kechib ham ketolmayman,
Qanchalar qiyin bilsang.
Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog'inmoqdaman hamon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon.
Qaytmayabman ortimga, bormayabman qoshingga,
Sabr ber bardoshimga, sir ochmay sirdoshimga.
Sani sog'inmoqdaman yomon,
Lek ortga qaytmayman hech qachon. (x2)