So'nggi payt
Kechalari qo'ng'iroq qilsam, doim bo'lar band,
Ko'nglim negadir g'ash, balki ko'nglim haq, balki nohaq.
Bormi o'zi ko'zlaringda haqiqat?
Yo shunchaki o'tkazmoqdamizmi vaqt?
Xat yozib boshladim ololmaganimdan keyin javob,
Nega mani yo'nalishimga javob bermayapsan desam,
Deydi: “Bor yonimda odam,
Dugonam bilan sirlashib yotibman”.
Bu sirlaring kim haqidaligini bilaman,
San mani aldama, aldashga urinma.
Kim u, qayda ishlashini ham bilaman,
Yurak yig'la mayli, lekin zabon indama.
Qani bu yolg'onlar qaygacha borar ekan,
Vijdon degani oz bo'lsa ham qiynalarmikin?
Ko'ramiz nima foyda topa olar ekan,
Yutarmikin yoki yutkazarmikin.
Alamlar ezardi, axir bilaman bu haqiqatni,
Alamlar ezardi, nega bunchalar soxtasan?
Axir go'l emasman, hammasidan boxabarman,
Agar o'ylab ko'rsam, sendayin qizga mos emasman.
Sen meniki emassan,
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon.
Tuyg'ular jon bera boshladi,
Ko'ngil yomon og'riy boshladi. (x2)
Ha, hammasidan xabarim bor,
Yashirishdan foyda yo'q, tan ol.
Ol hamma narsalaringni, olib ket,
Borib unga endi mani yo'qligimni ayt.
Bor, yugur endi u tomon,
Axir ustimdan yurarding qilmasdan or.
Ha yuragim tor, sandan boshqasi sig'masdi,
Bor, yuragi kenglarga bor.
San birinchi ko'rishgan kuning u bilan,
Ishonch chizig'ini kesib o'tgan kuningdan,
Yuzimga qo'yding oyoq deb hisoblayman
Va sani eshitishni ham istamayman.
Bahonalaringni borib, endi unga ayt,
Kechirim so'rama, sanda o'zi bormi bet?
Xiyonatingni qaysi ahmoq kechirarkin?
Endi sani mandayin kim sevarkin?
Aldab yurgan lablaridan,
O'zini tutishi, gaplaridan,
Uzoqlashib qolganidan,
Sezardim yolg'onlarini.
Yuragim xasratlaridan,
Ochib yurgan avratlaridan,
Qimmatbaho zanjirlaridan,
Sezardim yolg'onlarini.
Sen meniki emassan,
Sen meniki bo'lmaysan hech qachon.
Tuyg'ular jon bera boshladi,
Ko'ngil yomon og'riy boshladi. (x2)