Qorong'u tun, yolg'izman bugun o'zim,
Yo'liga zor qoldi ko'zim.
So'rama, yuragimda zirapcha,
Botib turadi bilmam qancha.
Sog'inchimdan qochib qayga boray?
Yo'l ko'rsat, ozgina ovunay.
Qorong'u xona va men unda,
Qop-qora ko'rpa yotar ustimda.
O'ylab yotaman uni,
O'ylarmikan u ham men haqimda?
Oq libos yarashibdi senga,
Aytaman achchiq bo'lsada menga.
O'gir botdi yurakka
Yo'qotganim seni.
Nega bu dard qiladi g'arq,
O'z domiga tortaveradi meni?
Nega malham topolmayman,
O'tmishimdan o'chirib ketolmayman seni?
Endi hech qachon bo'lmaymiz birga,
Birga bormaymiz qo'l ushlashib baxt uyiga.
Taqdir emas ekan, tan olaman,
Lekin yurak tan olmasa netaman?
San maniki eding, sanikiman derding,
Hozir esa qara kim yoningda!
Saning yolg'on ko'z yoshlaring qurib ketdi,
Maning achchiq ko'z yoshlarim yostig'im ustida.
Baxtlisan bugun, ishonaman,
Sanga Allohdan baxt so'rab yotaman.
Mayli, manga baxt tilab yotmasang ham,
Eslaysanmi oyda bir bo'lsa ham?
Sovqotib yotarman tunlar,
Yuragimni nimadir nimtalab o'tar.
Yetishmaydi yoki iliq qo'llaring,
Yoki sog'inganman aldab yurgan lablaring.
Nega bu dard qiladi g'arq,
O'z domiga tortaveradi meni?
Nega malham topolmayman,
O'tmishimdan o'chirib ketolmayman seni?