Tunlar uzun, mazmunsiz o'tdi sensiz tunlar,
Ular, seni o'z domiga tortib ketdi ular.
Kullar, uchib yurar sevgimizdan qolgan kullar,
Gullar, seni deb ekkandim bepoyon dala gullar.
Izlaringga qarab, izladim sabab ketganingga,
Kutdim tunlar qarab yo'llaringga,
Ekdim gullar yo'lakka, kelishingga,
Kutganim kelmaydi nega?
Izlaringni yuvib ketdi yomg'irlar kecha tuni,
Balkim qarayverganim uchun man.
Diydor ko'rish nasib etarmikan yana, dildor?
Bir bor sog'ingan ko'zlarimga, to'yib olay, bir boq.
Lek yor yozdi xat unutganin qilib izhor,
Xor bo'lgan tuyg'larim nega umidvor?
Izlaringga qarab, izladim sabab ketganingga,
Kutdim tunlar qarab yo'llaringga,
Ekdim gullar yo'lakka, kelishingga,
Kutganim kelmading nega?
Izlaringni yuvib ketdi yomg'irlar kecha tuni,
Balkim qarayverganim uchun man. (x2)