Yuragim nolalari
Mani qo'yvor deb baqiradi.
Kirib olib yuragimga,
Layli azob beraveradi.
Bilmam qachon ketar ekan,
Baxtim uzoq etar ekan?
Ko'nglimda qulf qafas,
Ochilib ketarmikan?
Mayli, mayli, mayli,
Faqatgina qo'yvor, Layli-Layli.
Qiynayverma meni, bo'ldi mayli,
Shuncha qiynaganing balki yetarli?
Daydi, daydi, daydi,
Bo'lib qoldim netay telba, daydi?
Bu hammasi kim deb, kim tufayli?
Qalbimda qop-qora dog',
Balki bu sen, balkim siyoh.
Qattiq botar ne bo'lsa ham,
Belimda yukmas go'yo tog'.
Sevib sani qildim xato,
Hayotimni etib ado.
Shuncha asrab, berib mehr,
So'ng yo'qotib, bo'ldim ado.
Esingdami sani ilk bor ko'rganimda ko'chada,
Boshqacha eding o'qishdan qaytayotganingda uyga.
Oppoq qor edi ko'chalar, kechagidek esimda,
Yuragimni yulib bergan edim o'sha tuni senga.
Baxtli kunlar juda tez o'tib ketdi u bilan,
U ketdi-yu orqasidan keldi qora tuman.
Axir aytmaganding, baxtli kunlar evaziga
Xayoling o'girlab ketaman deb bir umrga.
San mandan ketgansan, gar umrim mani qismim,
Bu sen emassan, sendan qolgan jism.
Sani yo'qotganimga ancha bo'lgan bo'lsa ham,
Tirnoqlaring izlari chandiq qildi yuragim.
U holingdan hech narsa qolmabdi bugungacha,
Ibo-hayoni, ishon, sotib ololmaysan pulga.
Lablaringni kimdir kulib o'pib ketdi,
Bu yerda kimdirlar yonib, kuyib ketdi!
Mayli, mayli, mayli,
Faqatgina qo'yvor, Layli-Layli.
Qiynayverma meni, bo'ldi mayli,
Shuncha qiynaganing balki yetarli?
O', daydi, daydi, daydi,
Bo'lib qoldim netay telba, daydi?
Bu hammasi kim deb, kim tufayli?