Kunlar o'tgan sari so'lib borar edim,
Qaytishingga ishonib, she’rlar bitar edim.
She’rlarimda ikkimiz eng baxtlilarmiz,
Hayotdagi eng go'zal taqdirlarmiz.
Afsus, bular oddiy qog'ozga bitilgan she’rlar,
Hayotda eslamaganiga bo'ldi anchalar.
Qanchalar sog'inganimni bilsa edi,
Qay ahvolga solib ketganin ko'rsa edi.
Kuta-kuta she’rlarim suvlarga atab yubordim,
Bir kun keladi degan umiddan tondim.
Oxiri ishondim qaytmasligingga,
Jonim, inondim yolg'onlaringga.
Alvido, ko'zimda yosh, bag'ritosh,
Sen eding baxtimni yoritib turgan quyosh.
Oramizdagi ishonch qayda qoldi?
Tunlar dil sog'inib, o'tda yondi.
Sog'ina, sog'ina, sog'ina,
Osmonlarga qaradim ovuna.
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman og'rina, og'rina.
Og'rina, og'rina, og'rina,
Osmonlarga qaradim ovuna.
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman sog'ina, sog'ina.
Alvido, bo'ldi tamom, ko'ngil ishon,
Endi u qaytmaydi hech qachon.
Tugadi sevgi sahifasi, qalbimning rishtasi,
Mani tark etdi yuragim farishtasi.
Sanga ishonar edim, jonim,
Ishonchimning ustida izlaring, janonim.
Qaysi qilgan aybim uchun o'girding yuz,
San bilan suhbat qurgim kelgan edi yuzma-yuz.
Surating bilan sirlashib yotar edim afsus,
Savollarim bejavob qolaverar edi.
Kunlar o'tgani sayin u mani unutar edi,
Yurak sezar edi – bari bo'ldi tamom.
Har tong uyg'onganimda sog'inch azobidan to'kilaman,
O'sha menman – sariq xazon osmon.
Jondan ortiq sog'inganimni kimga aytay?
Atrofimda do'stdan ko'ra dushman talay.
Go'yo u ham menga dushmanday…
Sog'ina, sog'ina, sog'ina,
Osmonlarga qaradim ovuna.
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman og'rina, og'rina.
Og'rina, og'rina, og'rina,
Osmonlarga qaradim ovuna.
Yulduzlar menga taskin beradi,
Unutarman sog'ina, sog'ina.