Bo'yan-bo'yan, bo'ya-bo'yanib olib,
Baland poshnalarni kiyib olib,
Bunchalar o'zini baland tutadi?
Sochlarini turmaklab olib.
Odamlar bir oyda bir marta
Bayramga tayyorgarlik ko'rganday,
Sahar-sahar, er-ertalabdan bo'yanishlaring
Gullarnikidan o'zarda.
Tagidagi temirining narxi
Balandda-baland, balandda-baland.
Ko'zlarining go'zalligi siri –
Qalamda-qalam, qalamda-qalam.
Osmondagi oy
Misoli tutadi o'zini oyimcha,
Osmondan tush, hoy,
Balandga chiqib olgansan buncha? (x2)
Bo'yan-bo'yan, bo'ya-bo'yanib olib,
Lablarini ishirib olib,
Salom berishni ham bilmaydi,
Sochlarini ulab-ulab olib.
Ulab olib, u ulab olib,
Bog'lab qo'yadi o'ziga tortib olib.
Bunchalar hamma orqasidan ergashmasa?
Go'zalligini uning tan olib?
Oyog'ining tagidagi poshna
Balandda-baland, balandda-baland.
Kalta ko'ylak kiyib olgan,
Ko'rinadi gulbadanda badan, badanda badan.
Osmondagi oy
Misoli tutadi o'zini oyimcha,
Osmondan tush, hoy,
Balandga chiqib olgansan buncha? (x2)
Oyog'ining tagidagi poshna
Balandda-baland, balandda-baland.
Kalta ko'ylak kiyib olgan,
Ko'rinadi gulbadanda badan, badanda badan.
Odamlar bir oyda bir marta
Bayramga tayyorgarlik ko'rganday,
Sahar-sahar, er-ertalabdan bo'yanishlaring
Gullarnikidan o'zarda.
Bo'yan-bo'yan, bo'ya-bo'yanib olib,
Baland poshnalarni kiyib olib,
Bunchalar o'zini baland tutadi,
Sochlarini turmaklab olib?
Tagidagi temirining narxi
Balandda-baland, balandda-baland.
Ko'zlarining go'zalligi siri –
Qalamda-qalam, qalamda-qalam.