Mana shu qiliqlaringdan to'g'risi to'ydim,
Qalbimda ismingni o'chirdim, qo'ydim.
Yuragimning ustidan bostima bosti,
Bo'larim bo'lib bo'ldi, agar aytsam rosti.
O', yuragimda alang olar olov,
Umuman aytsam, manga farqi yo'q,
San maning yonimda yoki yo'q?
Asalimo.
Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo'q mani, yo'q mani,
Ko'zimga qarama, ko'zlarim o'q mani.
Kechayu kunduz shirin-shakarlar,
Xayolimda ovlab yurar asal asallar.
Sanga qarab qolgan joyim yo'q mani, yo'q mani,
Ko'nglimga qarama, ko'nglim doim to'q mani.
Bir bor, bir yo'q bo'lib yurishlaringdan to'ydim,
Ko'zlaringning domidan qutildim, qo'ydim.
Yuragimning ustidan bostima bosti,
Sani deb o'zimni ham unutib qo'ydim.
E qo'y-e, undan ko'ra uzoqroq bo'laylik-e,
Bir-birimizni ortiq ko'rmaylik-e,
Baribir hayot davom etaveradi-e,
Asalim-e.