[Shahzod Rahimov]
U, mani-mani sabrim ado,
Gadoying man-u man-o, he hey, hey.
Negadir bu holatim-a
Umuman topmadim man davo, he hey, hey.
Kechami yo kunduzmi, farqiga bormayman,
O'zimga sig'may bugun hasratda yonaman.
Nima deyaverasan kelolmay bir qarorga?
Nega meni solasan to'zon-u g'uborga?
Alvido, alvido, ko'rishmaymiz bundan buyon,
Jonim, alvido, janonim.
Alvido, alvido, ko'rishmaymiz bundan buyon,
Endi, azizim, alvido.
Mana endi o'zingdan ko'r,
Izlama, yetar so'zlama, he hey, hey.
Bo'ldi kech, kech,
Qaytmayman endi hech, he hey, hey.
Kechami yo kunduzmi, farqiga bormayman,
O'zimga sig'may bugun hasratda yonaman.
Nima deyaverasan kelolmay bir qarorga?
Nega meni solasan to'zon-u g'uborga?
Alvido, alvido, ko'rishmaymiz bundan buyon,
Jonim, alvido, janonim.
Alvido, alvido, ko'rishmaymiz bundan buyon,
Endi, azizim, alvido.
[Jahongir Poziljonov]
Alvido…
Alvido degan so'z o'zi nima, bilasanmi?
Alvido degani – bu san bilan boshqa ko'rishmaymiz degani.
San mani, man san umuman ko'rmaymiz, so'zlasholmaymiz,
Saning so'zingni man tinglay olmayman,
Maning so'zimi san tinglay olmaysan.
Erta-indin ko'chada yurishim bor, oshna-og'aynigarchilik,
Choyxona-palov, osh ustida maning ustimdan kuladigan gaplar
Bo'lishiga harakat qilmasliging kerak edi!
To'ydan keyin ota–onangiz bilanmas, alohida yashaymiz,
Demasliging kerak edi.
Mana oxir-oqibat nimaga yetib keldik?
San bilan xayrlashishga to'g'ri keladi.
Man, man, chunki man ota-onamni yaxshi ko'raman, tushundingmi?
Sandaqalardan topib olish oson, shuning uchun mana endi alvido!
Понятно?