Mani mahallamda turar bitta qorako'z,
Tanishaman desam uyalaman, bo'lar gap-so'z.
Sotiboldi qo'shnimni o'rnimga jo'nataman,
U esa har doim qovun tushirgani tushirgan.
Qaramaydi man tomonga aslo qalbimning nuri,
Ko'chalaridan o'taman yasanib nari-beri.
Harakat qilganda negiz, oxiri foydasi yo'q,
Yorimning man bilan umuman ishi yo'q.
E, qaragisi ham yo'q!
Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x2)
Ko'zlarimga qarab qolsa, yurak yorilay deydi,
Salom-alik u yoqda tursin, haligi nima edi –
Xurmo pishdimi jonim, deb so'raymanmi men ahmoq,
Yaxshisi ketganim ma’qul shu yerlardan uzoqroq.
Qaramaydi man tomonga aslo qalbimning nuri,
Ko'chalaridan o'taman yasanib nari-beri.
Harakat qilganda negiz, oxiri foydasi yo'q,
Yorimning man bilan umuman ishi yo'q.
E, qaragisi ham yo'q!
Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x2)
Sotiboldi o'rtoq aytgin: o'zi bir yigit, oshiq bir yigit, sochlari to'kilmaydigan, jaydari yigit, degin, voy-dod! “O't-bet”ga borganda uyaltirmaydigan, “столба”ni ushlatib ketmaydigan bola degin-ey, ahey…
Dilim mani-mani, dilim mani janon-ay,
Qarasam qaramaysan.
Yorim mani-mani, yorim mani janon-ay,
Qaramaganda qaraysan. (x4)