Ming to'qqiz yuz to'qson ikkinchi yil,
So'nggi qo'ng'iroq paytida gruppa Bojalar
“Nilufar” qo'shig'ini boshlaydi.
Gruppa Bojalar oyoqlarida Shanxay cheshka,
Chanel futbolkalari bilan.
Qani Bojalar, boshladik!
Maktab chog'larimni eslab, qiynalar qalbim,
Sevgim izhor qilolmagan o'tgan kunlarim.
So'nggi qo'ng'iroq chalingan kunda turarding jilmayib,
Yoningga men borolmadim, jonim, uyalib.
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so'zlar.
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko'zlar.
Esingdami, ko'prik usti tushgan suratlarim,
Qo'l ushlashib anhor bo'ylab yurgan kunlarim.
Esingdami, rashking keltirib, Nargizga gap otganlarim,
Yo'lingni to'sgan Baxti bilan mushtlashganlarim.
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so'zlar.
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko'zlar.
(Manga Bojalarni kassetasi yoqmaydi.
Yo'q, yoqadi qo'shiqlari, lekin
Chaynalgan kassetasi yoqmaydi.
“I voobshe”, manga plastinka bergin, Bojalar…)
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin so'zlar.
Kerak edi qora ko'zlar, bu shirin so'zlar,
Nilufarim, nilufarim, bu shirin ko'zlar.
(Plastinka uchun katta rahmat, “spasibo”!)