“O'o'u qonday, ashi-mashi yurishibdimi?
Saka diskali mashinangizda ashettan tikka bosib ketovrasiz.
Assalomu alaykum, o'zbegimizning o'zbekona qizlariga.
Oyoqda kalish, qo'lda gitara, ketovramiz endi, a labbay?”
Sovchilikka borganda qo'shnim bilan onam,
O'zbekona kutib olar bay bo'yi xolam.
Halima xolaning xulqi odobli, muloyim
To'qqiz qizi bor ekan, chiroyli, guloyim.
Biri samovarda mehmon uchun o'tin yoqar,
Yana biri doshqozonda palovto'ra boshlar.
Katta qizi kaminaga juda, biram mos-mos,
Yo'llariga poyandoz supurgi-yu hokandoz.
Dilnoza, Go'zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Sanmi Barno yoki Shahlo?
Dilnoza, Go'zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Shahlo-ye, Laylo-ye.
Oyog'imda kalishim, qo'limda gitara,
Hovlisiga kiraman-u chekmasdan sigara.
Hamma hayron, yoqasini tishlagancha qolib,
Chapani o'zbekman, ketaman qizingiz olib.
Samovardan choy damlaydi,
Mani ko'rib havas qilmaydi.
Samovardan choy damlaydi,
Qorami, ko'k, o'zi bilmaydi.
Dilnoza, Go'zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Sanmi Barno yoki Shahlo?
Dilnoza, Go'zal, Ra’no,
Sayra, sen Laylo-ku barno.
Sani bilmayman, mani san bilmaysan,
Shahlo-ye, Laylo-ye. (x1+x2)