Ajab… Ajab…
Bo'ldi jonim, endi meni jonim dema,
Jonim degan so'z yo'q men uchun.
Jonim bitta, u o'zimning jonim,
Yana kelaverib tegma jonimga.
Ancha-muncha bo'ldi biz uchun
Ayriliq kuyining chalinganiga.
Hamma bilib bo'ldi, gap ko'paytirma,
Mani qilma sharmanda.
Ajab, sharmisoli sharmanda,
Kulishadi bizni birga ko'rganda.
Nima desa deyaversin, maylida,
Ular ham bizga o'xshagan banda. (x2)
Hamma o'ziga sharmanda!
Sharmanda…
Kimdir o'zi o'g'ri, a lekin ishi to'g'ri,
Ishini ko'rsatadi, o'zini bekitadi.
Ishonaver jonim, yashab turib birga,
Dili bilan tili begona bir biriga.
Kimdir likir-likir yugurib, darmon izlar dardiga,
Topilganda teskari ta’sir bor har qanday dorida.
Bir kam dunyo, har kim o'tar qanaqadir armonda,
Yolg'iz qoldir, mani qilma sharmanda.
Ajab, sharmisoli sharmanda,
Kulishadi bizni birga ko'rganda.
Nima desa deyaversin, maylida,
Ular ham bizga o'xshagan banda. (x2)
Sharmanda…
Ajab, sharmisoli sharmanda,
Kulishadi bizni birga ko'rganda.
Nima desa deyaversin, maylida,
Ular ham bizga o'xshagan banda. (x2)
Ajab…