Shoshilma, ozgina vaqt ber,
Shoshilma, hali hammasi oldinda.
Shoshilma, hali bo'ladi yaxshiroq undanda,
Sabr qil, hali hayotimiz oldinda.
So'rama, yo'q endi yuragimdagi u harorat,
Shoshila-shoshila ketding duru-gavharga qarab.
Yo'q. (x2)
Men sen uchun intilmoqdaman, ko'zlaring och,
Sabr qil, sendan menga kerak faqat ishonch.
Sen menga hech qachon ishonmagansan, ko'zlari qaro,
Sen meni hech qachon qo'llamagansan, ko'zlari shahlo.
So'rama, yo'q endi yuragimdagi u harorat,
Shoshila-shoshila ketding duru-gavharga qarab.
Yo'q. (x2)
Yurak yig'lar, alam qilar ba'zan,
Men sen uchun hech kim emas, bilsam.
Shoshilma… Shoshilma…
Shoshilma, ozgina vaqt ber,
Shoshilma, hali hammasi oldinda.