Tunlarim bedor, qayg'ular vafodor,
Xotiralar har dam qilur jonim abgor.
Dam-badam dilda alam,
Ko'zimga nam berur har dam,
Ne qilsa ham, hissiz sanam,
Men tomonga bir qo'ymas qadam.
Dardlar erta-kech tinch qo'ymaydi meni,
Bir bor kelib, holi jonim so'rasa edi.
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor?
Barchasini bilsa-da ul, qilmaydi parvo. (x2)
Dardlar ertayu kech tinch qo'ymaydi,
Yoki u bilmaydi, bilsa-da kelmaydi.
Maning shu holimni, yurak madorimni
Foizini bir qildi-qo'ydi, so'ginchim to'ydi.
Boray desam, g'urur yo'l qo'ymaydi,
O'zi ham chaqirib qo'ya qolmaydi.
Namuncha osmonlardan kelmaydi,
Maning jonajonim, yagonagina yorim?
(Faqat o'zini o'ylaydi)
Bevafo emasman, deya aldadi mani gado,
O'ziga savdoyi sayladi ul tanho,
Undan o'zgalar bo'lmadi.
Dardlar erta-kech tinch qo'ymaydi meni,
Bir bor kelib, holi jonim so'rasa edi.
Dardlarimga davoligini bilmaydimu yor?
Barchasini bilsa-da ul, qilmaydi parvo. (x2)