Qorong'u tun, shahar, mashinalar shovqini
Yoqmaydi ko'ngilga.
Tong sahar sani o'ylab boshlanadi,
O'xshaysan zaharga!
Xazon bo'lib to'kildi, asta-sekin sarg'aydi
Oramizdagi muhabbat.
Sensiz nafas bo'g'ildi, tunlar yulduz sanab o'tdim,
Kutib yolg'iz seni.
Yiroqlab ketdi u, endi qaytmas ekan-ku,
Jonim, sado yubor men tomon bir bor.
Sog'inmay qo'ydi u, yurak shundoq sezarku,
Sog'inganim mani. (x2)
Osmon bulut, yomg'ir yog'ar kechayu-kun
Derazam ortida.
Sensiz sovuq, iliq qo'llaring yetishmaydi
Bugun yonimda.
Derazamdagi tomchilar ko'ngil yoshimga o'xshar,
Birgalashib yig'laydi.
Sog'inch bag'rimni ezar, balki bir kun qaytib kelar,
Deb adashdim, kelmaydi!
Yiroqlab ketdi u, endi qaytmas ekan-ku,
Jonim, sado yubor men tomon bir bor.
Sog'inmay qo'ydi u, yurak shundoq sezarku,
Sog'inganim mani. (x2)