Xayr deya, senga qaramay,
Yoshlaringni ko'rgim kelmadi.
Uxlayolmas tungi chiroqday
Yonginangda yongim kelmadi.
O'rtanarding maqsadim bilib,
O'tinarding qalbingni tilib.
Firoqlarda meni qizg'onib,
Tushlarimda kelasan sevib.
Sog'inar, seni yurak sog'inar,
Ko'kragimdir qafasim, jonginamga urilar.
Sog'inar, seni yurak sog'inar,
Muhabbatim – qismatim, ko'zlarimda ko'rinar.
Eslamaydi meni do'stlarim,
Tanimaydi pullar ko'rinsa.
Titrab qolar bemor qo'llarim,
Sen yoqtirgan gullar ko'rinsa.
Yog'ayotgan yomg'ir, qor tinar,
Bag'ri nurli quyosh ham kular.
Qancha g'amlar boshdan o'tdilar,
Lekin baribir meni sevar.
Sog'inar, seni yurak sog'inar,
Ko'kragimdir qafasim, jonginamga urilar.
Sog'inar, seni yurak sog'inar,
Muhabbatim – qismatim, ko'zlarimda ko'rinar.