Bu uzun kechalarda men yana intizorman,
Seni sog'inib, jonim, men yana bedorman.
Sevgimni bilmasang ham, qalbimda sen yashaysan,
Yuragim ichra o'zing yolg'izimsan.
Aytsam agar dil izhorim senga,
Balki rahming kelarmidi menga.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug' dunyoni kezarman yolg'iz.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug' dunyoni kezarman yolg'iz.
Yulduzli osmon ichra, xayollar og'ushida,
Seni izlayman, jonim, hattoki tushimda.
Bunchalar o'tli ekan bu sevgi, bilmas edim,
Hajring dog'ida, jonim, yonar boldim.
Aytsam agar dil izhorim senga,
Balki rahming kelarmidi menga.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug' dunyoni kezarman yolg'iz.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug' dunyoni kezarman yolg'iz. (x1+x1)
Yorug' dunyoni kezarman yolg'iz…