Qo'shiqlarim, kuylarimga
Maftun bo'lib o'zing topibsan.
Yuragingga toza tuyg'ular
Ichra mening ismim yozibsan.
Baxt-omadim shudir balki,
Yana mening bordir keragim.
Lekin senmas men kutgan yor,
Sen emassan mening tilagim.
Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o'zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.
Qo'ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko'rolmasman.
Ardoqlagin deyman o'zingni,
Yoshlamagin bekor ko'zingni.
Bilgin deyman, sevgin deyman,
Sevgi qadrin bilgan insonni.
Ne qilaman aldab yuzingga,
Og'ir olma hecham qalbingga.
Mening ham bir sevgim bor edi,
Qalbim bog'lab ketgan o'ziga.
Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o'zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.
Qo'ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko'rolmasman. (x1+x1)