Hayotim tashlab ketdi meni,
Lek unuta olmasman u bevafoni.
Qalbimda yig'layman, ko'zga ololmayman,
Insonlarga dardim hech ham ayta olmayman.
Tushunmadi ul yor dardlarimni bir bor,
Qaytishingga men zor, ko'zlarim intizor.
Qaramaysan hech ham, so'ramaysan holim,
Yuraklarni ado qilding-ku, jonim.
Senga bo'lgan sof sevgimni yomg'irlar ham bilib,
Ular ham yig'lar dardlarin aytib.
Qaytishingga mening ko'zlarim yetib,
Kelarsan baribir bir kuni qaytib.
Tushunmadi ul yor dardlarimni bir bor,
Qaytishingga men zor, ko'zlarim intizor.
Qaramaysan hech ham, so'ramaysan holim,
Yuraklarni ado qilding-ku, jonim.
Qalbimdasan hamon,
Sevgim bo'ldi armon.
Eslatar u har on,
Sirdoshim endi armon.
Tushunmadi ul yor dardlarimni bir bor,
Qaytishingga men zor, ko'zlarim intizor.
Qaramaysan hech ham, so'ramaysan holim,
Yuraklarni ado qilding-ku, jonim. (x2)