Biri sevgi, biri nafrat,
Ikkisi ham ayni dard.
Kim zulm qilsa agar,
Qaytar o'ziga albat.
Esingda bo'lsa agar,
Bor edi bir sevgimiz.
U sevgini yashaganmiz
Faqatgina ikkimiz.
Ayni samo, ayni yer
Guvoh bo'ladi bunga.
Afsus bo'lsin, deyman
O'sha sen ketgan kunga.
Tanishgan edik bizlar
Fasllardan edi bahor.
Sevishing aytar eding
Menga har kuni takror.
Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko'nikaman, shunda bo'lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh.
So'zlarimda yo'q yolg'on,
Aytganlarim edi rost.
Yuragimda ikki tuyg'u:
Bir sevgi, biri nafrat.
Nafratim sabablari –
Bergansan menga ko'p dard.
Bora-bora uzoqlashdik, har turli bahonalar,
Va’dalar ko'p berilgan, yana yangi yolg'onlar.
Ozroq haqiqatga qayt, bejiz emas isyonlar,
Faqat bir rostini ayt, ayni sabab xatolar.
Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko'nikaman, shunda bo'lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh.
Xursand qilardim seni
Qo'limdan kelganicha.
Seni jondan sevardim,
Qolgan umrim boricha.
Nega olding sen qasos?
Ketishinga yo'q asos!
So'zlarimda yo'q yolg'on,
Aytganlarim edi rost.
Unutaman sabr bersa Olloh,
Ko'nikaman, shunda bo'lar oson.
Unutolmam agarda xohlamasa,
Qancha chekmayin oh. (x2)