Erta sahardan ko'zlarim ochsam,
Tabassuming seni ko'z oldimda,
Maqsadim – seni izlab-u topsam.
Kunu-tunlarim mazmunsiz o'tar,
Izlayman kechalari darbadar,
Foydasiz, yana tezda tong otar.
Eslayman kecha-kunduzimni,
Eslayman yorug' yulduzimni,
Eslayman shirin gul yuzimni,
Eslayman yoshlatib ko'zimni.
Izlayman kecha-kunduzimni,
Izlayman yorug' yulduzimni,
Izlayman shirin gul yuzimni,
Izlayman yoshlatib ko'zimni.
O'zgasiga qilmasman-da parvo,
Yolg'izlikni menga ko'rma ravo,
Axir sensan, yagonam, bir davo.
Shunchalar bo'ldimmi senga shaydo,
Ishqingda bo'ldim telbayu gado,
Yorimni nasib etgin, ey Xudo.
Eslayman kecha-kunduzimni,
Eslayman yorug' yulduzimni,
Eslayman shirin gul yuzimni,
Eslayman yoshlatib ko'zimni.
Izlayman kecha-kunduzimni,
Izlayman yorug' yulduzimni,
Izlayman shirin gul yuzimni,
Izlayman yoshlatib ko'zimni.
Qanotsiz qushman,
O'ngimda tushsan, yorim.
Judolar etma,
Armonim bo'lma, yorim.
Eslayman kecha-kunduzimni,
Eslayman yorug' yulduzimni,
Eslayman shirin gul yuzimni,
Eslayman yoshlatib ko'zimni.
Izlayman kecha-kunduzimni,
Izlayman yorug' yulduzimni,
Izlayman shirin gul yuzimni,
Izlayman yoshlatib ko'zimni.