Yoqadi shirin so'zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so'zlaring.
Menga bo'lgin e’tiborli,
Sening bilan dil afsunli.
Zulmatlarga to'lgan kunlar ham
Jamoling bilan nurli, nurli.
Nolalarim etar davom,
So'zlaringdan yurak omon.
Armonlarda qolgan orzuim
Bajo ayla shu on.
Yoqadi shirin so'zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg'u to'la ko'zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so'zlaring,
Dardimga darmon bo'l.
Talpinaman vasling taraf,
Azobingni et bartaraf.
O'ylamagan orzu-baxtimni
Erkalab menga aytgin, aytgin.
Nolalarim etar davom,
So'zlaringdan yurak omon.
Armonlarda qolgan orzuim
Bajo ayla shu on.
Yoqadi shirin so'zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg'u to'la ko'zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so'zlaring,
Dardimga darmon bo'l.
Yoqadi shirin so'zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring…
Yoqadi shirin so'zlaring,
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Boqadi tuyg'u to'la ko'zlaring.
Yoqadi tengsiz nozlaring,
Yoqadi shirin so'zlaring,
Dardimga darmon bo'l. (x2)