Shaddod qizman o'zim,
Aytgan har bir so'zim,
Qalbimda nima hayajon?
Hmm, olisdan keldimmi,
Osmondan tushdimmi,
Neligin sezdimku endi.
Sendadir xayolim-a, jonim,
Yuragim, ozorim-a, yorim,
Qalbimga nazaring solmading san. (x2)
Xayollarim oqadiku sen tomon,
Yurakkinam sog'inadi shu zamon.
Xayollaring oqadiku men tomon,
Yurakkinang sog'inadi o'sha on.
Mendan qolishmaysan,
Darding yoyishmaysan,
Kimlarga nazar solasan?
Jilmayib qo'yasan,
Menga sezdirmaysan,
Sevishing bilaman lekin.
Mendadir xayoling-a, jonim,
Yuraging, ozorim-a, yorim,
Bildirmayman sevishimni sanga man. (x2)
Xayollarim oqadiku sen tomon,
Yurakkinam sog'inadi shu zamon.
Xayollaring oqadiku men tomon,
Yurakkinang sog'inadi o'sha on.
Sendadir xayolim-a, jonim… {x3}
Mendadir xayoling-a, jonim.
Xayollarim oqadiku sen tomon,
Yurakkinam sog'inadi shu zamon.
Xayollaring oqadiku men tomon,
Yurakkinang sog'inadi o'sha on. (x2)
O'sha on, o'sha on, o'sha on, o'sha on…