Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
Bir yo'li mehru vafo rasmini barbod ayladi. (x2)
Qo'rqaram ahli vafo ohi anga qilg'ay jafo,
Bu jafolarkim vafo ahlig'a bunyod ayladi.
Bir dam ichra tund sayli qahr ila qildi xarob,
Har vafo qasriki, yellar oni obod ayladi.
Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
Bir yo'li mehru vafo rasmini barbod ayladi. (x2)
Ko'ngli mulkin istar obod, vah buzar xayli firoq,
To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi.
Bo'lmadi noshod oxir dam gunah bo'lg'ay debon,
Begunah ahbobni mundog'ki noshod ayladi.
Dam urarg'a topmadi har kimsa to ushshoq uchun,
Shahna aylab g'amzasin kirpikni jallod ayladi.
Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab’idin,
Qimki o'z tab’in bekaslikka mo'’tod ayladi.