O'zga yurtda shoh bo'l desalar,
O'z yurtimda gado bo'laman.
Jonim chiqar kunga qadar
O'z yurtimga fido bo'laman.
Vatan, sendan gar yiroq bo'lsam,
Erta qolmay bugun so'laman.
Kerak bo'lsa so'ra jonimni,
Sen bo'lmasang ado bo'laman.
Jon O'zbekiston,
Bobolarim yotgan makonim.
Jon O'zbekiston,
O'zing mening gulu gulzorim. (x2)
O'tayotgan har kuningni
Tinchligiga shukur qil.
Atrofga boq, qiyoslagin,
Bu Vatanning qadrin bil.
Vatan borki buguning bor,
Vatan borki ertamiz.
Vatan bizning otamizdir,
Vatan bizning onamiz.
Jon O'zbekiston,
Bobolarim yotgan makonim.
Jon O'zbekiston,
O'zing mening gulu gulzorim. (x4)