Vijdonim pok, iymonim but,
Taqdirga tan berib yashayman.
Ko'madi to'fonlar, buzadi yomonlar,
Atrofim zaharli to'rga aylangan.
To hayotman zoru xorman,
Esiz dunyoda vafo ko'rmayman.
Ojiz dilim, so'zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotda?
Taqdir nima, ishonch nima,
O'tli dardlar bag'rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg'iz alam, iymon deydi.
Kam emas ofat, alamli nola,
Erkinlik istagi umid bag'ishlar.
So'nggi nafasda botib ketgan tanam,
Yashayman, yashayman, yashayman deydi.
To hayotman zoru xorman,
Esiz dunyoda vafo ko'rmayman.
Ojiz dilim, so'zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotda?
Taqdir nima, ishonch nima,
O'tli dardlar bag'rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg'iz alam, iymon deydi. (x1+x1)