Kel, jonginam, men bilan suratga tush,
Faqat yig'lamay, jonim, bo'lmay xomush.
Yodgorlik bo'lib qolsin sendan menga,
Kulgularing kuch bersin yashashimga.
Hamroh bo'lsin yaxshi kunda,
Yomon kunda u menga.
Bu axir so'nggi oqshom,
Bu axir so'nggi visol.
Sen meni shunday eslab qol,
Sen qayg'urganda yodga ol.
Vaqt esa xuddi dushman,
O'tib borar tezlik bilan.
Bir lahzaga ham to'xtamasdan,
Yorishadi tun ayamasdan.
So'nggi bor to'yib tinglay shirin so'zing,
So'nggi bor baxtli bo'lib, ushlay qo'ling.
Hech kim buzmasin bugun tinchligimiz,
Jimjitlikda qolaylik biz ikkimiz,
Cheksizlikda parvoz etsin bizning qalbimiz.
Bu axir so'nggi oqshom,
Bu axir so'nggi visol.
Sen meni shunday eslab qol,
Sen qayg'urganda yodga ol.
Vaqt esa xuddi dushman,
O'tib borar tezlik bilan.
Bir lahzaga ham to'xtamasdan,
Yorishadi tun ayamasdan. (x1+x1)