Ishonishni bilmay qoldim so'zlaringga ham,
Yakunlamay ketaverding, ko'zlarimda nam,
Bir so'z keldi ketar damda qilgandan alam,
Bevafo yo'q san kabi, so'z demagin, jim.
Gaplaringga chidab mana, tirikman qara,
Tiriklikda saning uchun o'likman qara,
Uzrni sen mendan emas, o'zingdan so'ra,
Bitta qalbning qotili, so'z demagin, jim.
Jim, jim, jim, so'zlaringdan charchadim,
Tim, tim, tim, esiz ko'z yoshlarim. (x2)
Beti yo'q bezbetginam, ozgina uyal,
Yo'qotilgan umrimga bu qalbim kuyar,
Xatolarim bugun dilimni o'yar,
Nima deb atay seni? Birozgina jim!
Devor yaxshi sandan, gaplarim tinglar,
Dardlarimni ko'rib, shu devor yig'lar,
Sado chiqmas toshga aylanib qolgan,
Toshyuragim, bugun tingla mani jim.
Jim, jim, jim, so'zlaringdan charchadim,
Tim, tim, tim, esiz ko'z yoshlarim. (x2)