Dunyo bilib turganing o'xshamaydi dunyoga,
Ko'zing ochib ko'rganing o'xshamaydi ro'yoga.
Kajraftorning dastidan, zag'chalarning qasdidan
Bulbul karaxt, bezabon, o'xshamaydi go'yoga. (x2)
Go'yoga, go'yoga, o'xshamaydi go'yoga,
Bulbul karaxt, bezabon, o'xshamaydi go'yoga.
Ko'ngil guli ham nolon, anisi yo'q mehribon,
Bag'riga to'lib tikon, o'xshamaydi ra'noga.
Noyob vafo qissasi, bisyor jafo qissasi,
Ko'plar so'zi lof erur, o'xshamaydi ma’noga.
Ma’noga, ma’noga o'xshamaydi ma’noga
Ko'plar so'zi lof erur, o'xshamaydi ma’noga.
Majnunlar ham g'alati, o'zin sevmoq – san’ati,
Laylolar ham, vo ajab, o'xshamaydi Layloga. (x2)
Ishqning bo'lmas davosi, jondan kechmoq ravosi,
Dil xizmati mo'l nozik, o'xshamaydi savdoga. (x2)
Savdoga, savdoga o'xshamaydi savdoga,
Dil xizmati mo'l nozik, o'xshamaydi savdoga.