Andijonda bir go'zalga aytolmagan so'zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to'yolmagan ko'zim qoldi. (x2)
Yurakdagi og'riqlar-u, qalbda armon, o'kinch qoldi,
Parivashning yuzlarida men sezmagan sog'inch qoldi.
Andijonda bir go'zalga aytolmagan so'zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to'yolmagan ko'zim qoldi.
Oq libosga burkandiyu, undan shirin o'yim qoldi,
Kelin bo'lib u ketdiyu, dilda mahzun kuyim qoldi.
Muhabbatning sharobidan mening tilim kuyib qoldi.
Andijonda bir go'zalga aytolmagan so'zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to'yolmagan ko'zim qoldi.
Pora-pora yurak-bag'rim, muhabbati tig'lab qoldi,
Bevafoga ko'ngil bergan, Shuhrat joni yig'lab qoldi.
Andijonda bir go'zalga aytolmagan so'zim qoldi,
Ul malakning ruxsoriga to'yolmagan ko'zim qoldi. (x2)
Ul malakning ruxsoriga to'yolmagan ko'zim qoldi…