Kuni bo'yi uydaman,
Kutib-kutib charchadim.
Jonim ishdan kelar deb,
Palovniyam bopladim.
Yorim qo'ng'irog'imdan
Charchadimi, bilmadim?
Qayta-qayta tersam ham,
Biror marta tushmadim.
(Chaqirilayotgan telefon o'chirilgan)
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Kechir endi, xotinjon,
Deb g'azabim oshirmang.
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Shirin gaplar bilan mani
Siz g'azabim oshirmang.
Ana endi ko'radi,
Jahlda ham o'ynadi.
Ishdan kelib, u manga
Lag'monlarni iladi.
Yana bir bor unga man
Qo'ng'iroqlar qilaman.
“Allo, allo”, desa bas,
Bor ta’zirin beraman.
(Chaqirilayotgan telefon o'chirilgan)
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Kechir endi, xotinjon,
Deb g'azabim oshirmang.
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Shirin gaplar bilan mani
Siz g'azabim oshirmang. (x2)