Dil mehrga zor ekan,
Jonga ishq ozor ekan,
Nega jon yonar desam,
Qaro ko'zing bor ekan.
Jon mehrga yor ekan,
Dilga ishq bahor ekan,
Nega dil o'ynar desam,
Shakar so'zing bor ekan.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Shirin so'zlaring sani.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Asal so'zlaring sani.
Sani ko'rgim keladi,
Birga yurgim keladi,
Shu qaro ko'zlaringga
Jonim bergim keladi.
Sani ko'rgim keladi,
Suhbat qurgim keladi,
Shu asal so'zlaringga
Jonni bergim keladi.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Shirin so'zlaring sani.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Asal so'zlaring sani.
Oshiq ko'ngil sinmasin,
Hijronga dil ko'nmasin,
Shudir asl murodim,
Shahlo ko'zing so'nmasin.
Oshiq ko'ngil sinmasin,
Armonli gul unmasin,
Asli shudir murodim,
Shakar so'zing tinmasin.
Mani-mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Shirin so'zlaring sani.
Oh, yana mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Asal so'zlaring sani.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Shirin so'zlaring sani.
Oh, mani yondirar
Qaro ko'zlaring sani.
Aqlimdan tondirar
Asal so'zlaring sani.