So'radim yulduz, oylardan,
So'radim tog'u soylardan,
Menga ayting, shu joylardan
Yori jonim o'tmadimi?
Sevgi degan dardim buyuk,
Sog'inchida bag'rim kuyuk,
Diydorlari jonga suyuk
Yori jonim o'tmadimi? {x2}
Jonimdagi jonimdayin,
Chehrasi xush, lutfi mayin,
Ko'rging kelar ko'rgan sayin. (x2)
Istab tongu oqshomlardan,
Kechdim qancha oromlardan,
So'rab ko'rdim yoronlardan,
Yori jonim o'tmadimi?
Siz taniysiz uni axir,
Ko'rgansiz-u, saqlaysiz sir.
Ko'rishamiz biz baribir,
Yori jonim o'tmadimi? {x2}
Jonimdagi jonimdayin,
Chehrasi xush, lutfi mayin,
Ko'rging kelar ko'rgan sayin. (x4)