Hayajonda kutib oldik bahorni,
Ko'zlarda sevinch, qalblarda nahorni.
Yonib-yonib dillarda sevinchlar,
Qalblarda shirin, shirin xayollar.
Quyoshdan go'zal nurlar sochilar,
Bog'larimda ochildi gullar.
Bu ko'k bog'laringda go'zal g'unchalar,
Yonadi-yonadi dilginam.
Bahor-bahor, kelding sen bahor,
Sen qalblarga nur solding bahor.
Go'zal bog'u atirgullarni
Hidlarin taratding, sen bahor. (x2)
Dehqon bobolar, mehnat mo'l bo'lsin,
Zaminimiz doim nurlarga to'lsin.
Vatanim, jonu-dilim, o'zbegim,
Bag'ringda insonlar yayrab kulsin.
Yurt boshimiz bor, yurtimiz tinchdir,
Osmonimiz musaffo va tiniqdir.
Bag'ringda o'sgan go'zal g'unchalar
Yayraydi-yayraydi shunchalar.
Bahor-bahor, kelding sen bahor,
Sen qalblarga nur solding bahor.
Go'zal bog'u atirgullarni
Hidlarin taratding, sen bahor. (x2+x2)
Bahorim…