Shunchaki orzular so'ndi,
Shunchaki yuragim ko'ndi,
Bog'imda yangi gul undi,
Shunchaki vaqt davom bo'ldi.
Oppoq qor yog'ar sochimga,
Yolg'izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib kel.
Xazonlar to'kildi, qara,
Yo'llarimda yana-yana.
Afsus, endi qaytmaymiz
Ortda qolgan kunlarga. (x2)
Shunchaki sevarmiding sevmasdan?
Shunchaki yonarmiding yonmasdan?
Yolg'on va’dalarga nega meni ishontirgan eding?
Aslida aybdor o'zing, aldading nechun sen guling?
Soxta tuyg'ularingga ko'mib, umrim xazon aylading.
Ko'z o'ngimda sarob bo'lganda xayollarim,
Gohi ortimga qarab, xatoim topolmadim.
Bilmas eding mening dardim,
Bilmas eding sog'inchlarim,
Endi men ham beparvo yashayveraman, jonim.
Shunchaki orzular so'ndi,
Shunchaki yuragim ko'ndi,
Bog'imda yangi gul undi,
Shunchaki vaqt davom bo'ldi.
Oppoq qor yog'ar sochimga,
Yolg'izlik tushdi boshimga,
Rahm qilib bardoshimga,
Yana bahor qaytib kel.
Shunchaki sevarmiding sevmasdan?
Shunchaki yonarmiding yonmasdan?
Yolg'on va’dalarga nega meni ishontirgan eding?
Aslida aybdor o'zing, aldading nechun sen guling?
Soxta tuyg'ularingga ko'mib, umrim xazon aylading.