Dunyoni kezaman, parivashni qidiraman,
Husni-jamoli meni tinch qo'ymaydi.
Dardimni biladi, bilib o'yin qiladi,
Sevishimni biladi, rosa-rosa noz qiladi.
Kuydim men bechora, bo'ldim men devona,
Bu go'zal husningni ko'rib men hayrona.
Yondim men bechora, bo'ldim men devona,
Bu go'zal husningni ko'rib men hayrona.
Qalam qoshli yorim bo'l,
Ko'nglida vafo borim bo'l,
Senga ko'nglim berdim-ey,
Malikam bo'l-ey, baxtim bo'l. (x2)
Tanhoginam, pari-pari, barchadan ham go'zal gulim,
Seni sog'indim voh-ey, juda sog'indim.
Qalbim olov, yonadi dilim, xumorga to'lar meni yuragim,
Agar ko'rmasam, bir bor ko'rmasam.
Yondim men bechora, bo'ldim men devona,
Bu go'zal husningni ko'rib men hayrona.
Yondim men bechora, bo'ldim men devona,
Bu go'zal husningni ko'rib men hayrona.
Qalam qoshli yorim bo'l,
Ko'nglida vafo borim bo'l,
Senga ko'nglim berdim-ey,
Malikam bo'l-ey, baxtim bo'l. (x2)
Borim bo'l… yorim bo'l…
Ko'rdim bitta pari kelar, kelar o'ylana-o'ylana,
Oshig'i ko'nglini olib, kelar nozlana-nozlana.
Qayerda bo'lmay, kimlarni ko'rmay,
Hech qaysi go'zal bo'lolmaydi senday.
Qalam qoshli yorim bo'l,
Ko'nglida vafo borim bo'l,
Senga ko'nglim berdim-ey,
Malikam bo'l-ey, baxtim bo'l. (x2)