Mayin shamollar yetaklaydi sen tomonga,
Shirin xayollar eslatadi seni menga.
Ikkimiz birga orzu qilgan o'sha kunga
Nega yetmadik, yeta olmadik?
O'tgan u kunlar, qaytmas endi biz tomonga,
Bugun armonlar hamroh bo'ldi endi bizga.
Mendan o'zgasi yoring bo'ldi endi senga,
Endi ne qilay, qandayin chiday?
Endi yo'q ko'zimga boqqan ko'zlar,
Endi yo'q jonimga yoqqan so'zlar,
Endi yo'q, xayoldan ketmas yuzlaring,
Endi yo'q! (x2)
Endi yig'laydi bizni kutgan lolalar ham,
Endi yig'laydi bizni deb kuy, nolalar ham.
Sog'inarman ko'p unutolmay seni bir dam,
Unutolmayman, unutolmayman.
Qaytarib bergin senla yongan zor qalbimni,
Qaytarib bergin senla o'tgan kunlarimni.
Muhabbatimni sezmadingmi ko'zlarimdan,
Nahot sezmading, nahot sezmading?
Endi yo'q ko'zimga boqqan ko'zlar,
Endi yo'q jonimga yoqqan so'zlar,
Endi yo'q, xayoldan ketmas yuzlaring,
Endi yo'q! (x2)