Go'zalligim asli Momo Havodan,
Pok sevgingiz meros Odam Atodan. (x2)
Qalbim qulochlarin yoyib samoga, {x2}
Sizni so'rab-so'rab oldim Xudodan. {x2}
Yolvordim ko'p jon-jonimdan ezilib,
Ishqim turar yuz-ko'zimdan sezilib. (x2)
Yashay deya ham sevib, ham sevilib, {x2}
Sizni so'rab-so'rab oldim Xudodan. {x2}
Qaddi-bo'yim, bor savlatim o'zingiz,
Dunyo shartmas, bor davlatim o'zingiz. (x2)
Xudo bergan mukofotim o'zingiz, {x2}
Sizni so'rab-so'rab oldim Xudodan. {x2}
Go'zalligim asli Momo Havodan,
Pok sevgingiz meros Odam Atodan. (x2)
Qalbim qulochlarin yoyib samoga, {x2}
Sizni so'rab-so'rab oldim Xudodan. {x2}