Molu-davlatingga oshnolar bisyor,
Yiqilsang, topilmas bir do'st vafodor. (x2)
Tandagi joning ham bo'lsa omonat,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on. (x2)
Yolg'on, boshqasi yolg'on,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on. (x2)
Oqar suv zaminga singib ketadi,
Ming yillar lahzaga tengib ketadi. (x2)
Shohu-gadolarni yengib ketadi,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on. (x2)
Yolg'on, boshqasi yolg'on,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on. (x2)
Bu dunyo kimlarga vafo qilibdi,
Qay oshiq sevgidan vafo ko'ribdi?
Bahorga inongan gul ham so'libdi,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on.
Bahorga ishongan gul ham so'libdi,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on.
Yolg'on, boshqasi yolg'on,
Dunyoda o'limdan boshqasi yolg'on. (x8)