Azobingda adoman sani,
Bunchalaram qiynama mani.
Azobingda adoman sani,
O'sha shirin va’dalar qani?
Seni deya uradi yurak,
Men yoningda bo'lishim kerak.
Visolingga bu jonim halak,
Lekin sendan bo'lmadi darak.
Madi-Madi-Madinam,
Og'ritdingku dilginam.
Isming aytib tunu-kun,
Charchamaydi tilginam. (x2)
Chaqnab turgan ko'zlaring yulduz,
Yonimdasan kecha-yu kunduz.
Sening o'zing yagona, tengsiz,
Qalbimdagi muhabbat dengiz.
Sevgimizni sotdingmi arzon?
Yuragimda to'ldiku armon.
Endi qaytib topmayman imkon,
Otashingda yonadi Jalol.
Madi-Madi-Madinam,
Og'ritdingku dilginam.
Isming aytib tunu-kun,
Charchamaydi tilginam. (x2+x4)