Qatra-qatra to'kildi ko'zlarimdan durdona,
Nahot qadrim bilmaydi soxta majnun, devona? (x2)
Yondim-kuydimni aytib, makkor meni aldaydi,
Yonimga kelsin qaytib, oh, fe’limni bilmaydi. (x2)
Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o'ngida. (x2)
Qo'ymas eding holimga, bilaklarimdan tutib,
Ishon deding sevgimga, ko'zdan yoshlaring to'kib. (x2)
Endi mendek janona kerak bo'lmay qoldimmi?
Shoshmay turgin devona, o'tkazay bir qadrimni. (x2)
Sen shoxida yursang-ey,
Men yuraman bargida.
Sen chap yonda yursang-ey,
Men yuraman o'ngida. (x2+x2)