Ey yor, hayotim yo'ldoshi bo'lding,
Bedod ko'rishib, daryoday toshdim.
Uzoq-uzoqlarga sen bilan, yor,
Birga uzilmas zanjir bo'ldik.
Har kun quyoshni birga kutaylik,
Oyga qarab birga sevishaylik.
Olam bizni ko'rib havas qilsin,
Faqat yonimda bo'lgin, ey yor.
Oyga har boqishda seni o'xshatgim kelar,
Quyoshim deb erkalatib, eslarim ketar.
Baxt cho'qqisiga yetaylik,
Zamon tez o'tar, jonim,
Sen ham his qilyapsanmi, ey yor?
Hayot uzun yo'ldir jonim, yoningda bo'lay,
Yomg'ir, qor, bo'ron bo'lsa ham joningda bo'lay.
Sen menga, men esa senga vafodor bo'lsak yorim,
Baxt biz bilan bo'ladi, ey yor.
Ey yor, yuragim sening-la to'la,
Bisyor ekan mehr yuragimda.
So'zlar ojiz sevgim ta’rifiga,
Lek sen his qilyapsanmi, ey yor?