Maysalarning yuzida shabnam
Qanot topsa, quyoshdan mamnun. (x2)
Bo'y sayqallab ochganda g'uncha,
Dilda kezsa bezabon junun.
Muhabbatni sog'inar bahor,
Muhabbatni sog'inar bahor. (x2)
Qaldirg'ochning qanotlarida
Aks etganda qoshlar ishvasi, (x2)
Munavvar bu olamni tutsa,
Orziqtirgan sho'x bulbul sa’si.
Muhabbatni sog'inar bahor,
Muhabbatni sog'inar bahor. (x2)
Gulgun yuzlar, intiq nigohlar
Izlaganda kimnidir pinhon,
Qo'ling guldastani qo'msasa,
Allakimga talpinsa bu jon.
Muhabbatni sog'inar bahor,
Muhabbatni sog'inar bahor. (x2)
Muhabbatni sog'inar bahor…